Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UYeFA mavsumni qayta tiklashning ikkita variantini ko‘rib chiqmoqda
24.04.2020 05:47,  
288

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) koronavirus infektsiyasining pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan mavsumni qayta tiklash uchun ikkita ssenariyni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda uning rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Ikkala variant ham Yevropa musobaqalari tiklanishidan oldin ichki musobaqalarni boshlashni ko‘zda tutadi. Ulardan birinchisi, barcha musobaqalar to‘xtatilgunga qadar bo‘lgani kabi, parallel ravishda musobaqalarni o‘tkazish. Ikkinchi ssenariy bo‘yicha, birinchi navbatda barcha ichki musobaqalar (chempionatlar va kuboklar) yakunlanadi, shundan keyin avgust oyida Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi qayta boshlanadi.

Ikkala variant ham UYeFA Ijroiya qo‘mitasining videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida taklif qilindi. Unda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (AEK ), Yevropa ligalari va FIFPro Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruhlarning hisobotlari tinglandi.

UYeFA yana bir bor Yevropadagi futbol uyushmalarini tanaffus mavsumini yakunlashga chaqirdi. Bu milliy chempionatlar va kuboklar natijalariga ko‘ra an’anaviy tarzda Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasidagi joylarni taqsimlashga imkon beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан