Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UEFA mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlarni ma’lum qildi
19.08.2021 22:12,  
86

UEFA mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlar uchligini ma’lum qildi.

Futbolchilar orasida «Chelsi» yarimhimoyachilari Jorjino, Ngolo Kante hamda «Manchester Siti» a’zosi Kevin de Bryuyne mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sovrini uchun da’vogar bo‘lib turibdi.

Eng yaxshi murabbiy nomiga esa Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Roberto Manchini (Italiya milliy jamoasi) va Tomas Tuxel («Chelsi») nomzodlar uchligiga kiritilgan.

Manchini Italiyaga Yevro-2020 bosh sovrinini keltirgan bo‘lsa, Tuxel qo‘l ostidagi «Chelsi» YeChL g‘olibiga aylandi. Gvardiola esa ilk marta «Manchester Siti»ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqish bilan birga APL va Angliya liga kubogini yutishga yordam berdi.

Ma’lumot uchun, barcha laureatlar 26 avgust kuni Istanbulda o‘tadigan YeChL guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан