Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UFC jangchisi o‘z singillarini o‘ldirishga urindi
9.01.2021 11:25,  
477

      Mutlaq jangchilar chempionati jangchisi (UFC) Irvin Rivera o‘z singillariga hujum qilganidan so‘ng hibsga olindi, deb xabar bermoqda CBS Sports Floridadagi Boyton-Bich shahri polisiyasiga tayangan holda. Politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shnilar ayollardan biri ularning eshigini jon holatda taqillatib: "U meni o‘ldirmoqchi. Yolvoraman, singlimga yordam bering", deya baqirganidan so‘ng uyg‘onib ketishgan. Afti qonga belangan Rivera qo‘shnilarga hammasi joyidaligini aytgan va eshikni tambalab olgan, shundan so‘ng uydan qochib ketgan.  Chaqiriqqa yetib kelgan politsiyachilar sportchi qarorgohida uning kenja singlisini yelka, bosh va qo‘l jarohatlari bilan aniqlashgan. Katta singilning yuzi, yelkasi, qo‘llari va ikkala o‘pkasida jarohatlar borligi aniqlangan. Opa-singillar zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Ayollardan birining ahvoli stabil, ikkinchisiniki og‘ir.
   Politsiya Riverani qo‘lga olgan. Sportchi ikkala singlisini ham o‘ldirganiga shubha qilmagan. U polisiyachilarga hujumni "bu uning maqsadi bo‘lgani", buni unga "oliy hukumat buyurgani" tufayli amalga oshirganini aytgan.
    Sportchi qotillikni amalga oshirishga uringanlikda ayblanmoqda, u hozirda Palm-Bich qamoqxonasiga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан