Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UFC prezidenti Habib Nurmagomedov borasida muhim qarorga kelinganini ma’lum qildi
13.02.2021 10:32,  
1646

UFC prezidenti Dana Uayt yaqin kelajakda rossiyalik Habib Nurmagomedovni yengil vazn toifasida chempionlik kamaridan mahrum qilmasligini aytdi. «MMA Fighting» tomonidan xabar berilgan.

«Habib Konor va Pore ustidan g‘alaba qozondi. U haqiqiy chempion. Hozircha uning unvonini bekor qilmaymiz. Habib tez orada Las-Vegasga uchib ketadi. Biz u yerda Nurmagomedov suhbatlashamiz va keyin nima qilishimiz kerakligini hal qilamiz», deydi Uayt.

Nurmagomedov hafta boshida UFC chempionlik kamaridan voz kechishga tayyorligini aytgan edi. 

«Men faoliyatimni tugatganman, yigitlar chempionlik uchun kurashsin», degan edi u «Match TV» telekanali dasturida.

O‘tgan yilning 24 oktyabr kuni Habib Nurmagomedov Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 254 musobaqasida AQShlik Jastin Geydji qarshi bahsda o‘zining chempionlik kamarini uchinchi marotaba muvaffaqiyatli himoya qildi. Ana shu jang yakunida sportchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek, Nurmagomedov UFCdan vazn toifasidan qat’iy nazar uni reytingda birinchi o‘ringa qo‘yishni iltimos qilgan edi. Tashkilot rahbariyati avval AQShlik Jon Jonsdan keyin reytingda ikkinchi pog‘onada turgan rossiyalik kurashchining bu iltimosini bajardi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан