Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UFC rahbari barcha davrlarning eng yaxshi sportchisi nomini ma’lum qildi
26.10.2020 11:56,  
1210

UFC’ning doimiy prezidenti Dana Uayt dog‘istonlik sportchi Habib Nurmagomedovni barcha davrlarning eng buyuk sportchisi deb atadi.

Shanba kuni Nurmagomedov amerikalik Jastin Getjini bo‘g‘ib ushlab turish usulida mag‘lub etdi va yengil vaznda UFC chempionligini himoya qildi. Jangdan so‘ng darhol 32 yoshli jangchi bu uning UFC’dagi so‘nggi jangi ekanligini aytdi.

"Habib Nurmagomedovni tabriklayman, sen xohlagan narsangga erishding. Sen vazn toifalaridan qat’i nazar dunyodagi eng yaxshi jangchisan va haqiqatan ham sportdagi eng buyuk odamsan", - deb yozdi Uayt o‘zining Tvitter mikroblogida.

Jangdan so‘ng Nurmagomedov UFC’dan vazn toifalaridan qat’i nazar uni reytingda birinchi o‘ringa qo‘yishni iltimos qildi. Ayni paytda u amerikalik Jon Jonsdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан