Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukasiga yer berilganidan norozi ayol farzandlarini va o‘zini suvga cho‘ktirib o‘ldirdi
31.10.2020 11:47,  
625

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 26 oktyabr kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Eski yer” suv omboridan 3 nafar odam jasadi topilganligi haqida xabarlar tarqalgan. 

Aniqlanishicha, 2020 yil 26 oktyabr kuni soat 17-00 larda Yangiqo‘rg‘on tumani, Navkent mahallasida yashovchi ayol N.G‘. (1984 y.t., sudlanmagan, uy bekasi) sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘ining oilasiga tegishli bo‘lgan, 2,0 gektar tutzor uchun ajratilgan yer maydonining 50 sotixini ukasiga berib yuborganligidan norozi bo‘lib, bu haqida xat yozib qoldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda

So‘ng, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan tumandagi “Yangiqo‘rg‘on eski yer” suv omboriga kelib, omborning boshlanish qismiga farzandlarini ketma-ketlikda suvga tashlab, ularni cho‘kib o‘lganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, o‘zini ham suvga tashlab, joniga qasd qilgan.     

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан