Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukraina prezidenti 9 yanvarni “motam kuni” deb e’lon qildi
9.01.2020 10:21,  
201

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning “Ukraina Xalqaro Avialiniyalari” aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 rusumli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi munosabati bilan 9 yanvarni “motam kuni” deb e’lon qildi. Xabar qilinishicha, kecha kechqurun o‘tgan ishchi majlis oxirida shunday qarorga kelingan.

Motam kunida davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish muassasalari, tashkilot va idoralarga tegishli inshootlar oldida o‘rnatilgan Ukraina bayrog‘i aviahalokatda qurbon bo‘lganlar xotirasi uchun yarmigacha pastga tushiriladi.

Mavzuga doir: Tehronda qulagan samolyot yo‘lovchilarining aksari Eron va Kanada fuqarolari bo‘lgan

Eron poytaxti Tehrondan Ukraina poytaxti Kiyev shahriga PS 752 raqami bilan parvozni amalga oshirayotgan, bortida 176 yo‘lovchi, shu jumladan, 9 ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 737-800 samolyoti kecha, 2020 yil 8 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:12 da Imom Humayniy xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan va oradan 2 daqiqa o‘tib, aeroport yaqinidagi Parand mavzesida qulab tushgan.

Samolyot Imom Humayniy xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilganidan 2 daqiqa o‘tib yerga qulagan

Ukraina tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar quyidagi davlatlar fuqarolaridir:

  • Eron fuqarolari – 82 nafar
  • Kanada fuqarolari – 63 nafar
  • Ukraina fuqarolari – 11 nafar
  • Shvetsiya fuqarolari – 10 nafar
  • Afg‘oniston fuqarolari – 4 nafar
  • Germaniya fuqarolari – 3 nafar
  • Buyuk Britaniya fuqarolari – 3 nafar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан