Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Associated Press agentligiga intervyu berdi
10.04.2022 16:22,  
192

Tinchlik muzokaralari haqida:

"Odamlar urush tugashini, bizning shartlarimiz asosida tugashini xohlaydi. Lekin qaysidir yaqinini yo‘qotgan, farzandlaridan ayrilgan odamlar hech qanday tinchlik bitimi, hech qanday shart bilan qanoatlanmaydi, deb o‘ylamayman. Yara juda katta".

"Ammo hissiyotlardan tashqari, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, biz tushunishimiz kerakki, har qanday urush tinchlik bilan yakunlanishi kerak, aks holda u millionlab qurbonlarga olib keladi".

“Ha, biz kurashishimiz kerak, lekin hayot uchun kurashishimiz kerak. Hech narsa, odamlar yo‘q bo‘lganda, chang uchun kurashib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu urushni to‘xtatish juda muhim. Garchi bu mushkul, hissiy jihatdan qiyin bo‘lsada, hech kim mamlakatni masxara qiladigan odamlar bilan gaplashishni xohlamaydi. Ularni tushunish mumkin, men o‘zim ularni erkak sifatida, ota sifatida juda yaxshi tushunaman. Ammo, agar u mavjud bo‘lsa, diplomatik yo‘l bilan yechim topish imkoniyatini yo‘qota olmaymiz. Urushni to‘xtatmoqchi bo‘lgan o‘n millionlab odamlar uchun qaror qabul qila olmaymiz. Biz ular uchun qaror qabul qilib, "Yo‘q, biz qotillar bilan gaplashmaymiz", deya olmaymiz".

Mariupoldagi vaziyat haqida:

"Mariupol bugungi urushning yuragi. U urib turibdi. Biz kurashamiz, biz kuchlimiz. Agar u urishdan to‘xtasa, biz zaifroq holatda bo‘lamiz. Mariupoldagi pozitsiyamiz qanchalik kuchli bo‘lsa, mamlakat sharqidagi kuchlarimiz shunchalik kuchli qarshilik ko‘rsatadi. Bizning kuchlarimiz qanchalik kuchli bo‘lsa, muzokaralar uchun shunchalik yaxshi. Biz Rossiya Federatsiyasi bilan muloqotda ustunlikka ega bo‘lamiz".

"Agar biz NATOda bo‘lganimizda, bu urush bo‘lmas edi. Yoki hammasi hozirgidek bo‘lmasdi. qo‘shnilar bilan bir yelkadan bosh chiqarar edik".

Zelenskiy, shuningdek, Ukrainaga olib ketilayotgan qurol va jihozlar yetarli emasligini aytdi. Agar yordam ko‘proq bo‘lganida va tezroq yetib kelganida, Mariupolda yuzlab odamlarning hayotini saqlab qolgan bo‘lardi, dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан