Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukraina Qrimni o‘z tarkibiga qaytguniga qadar uni suvsiz qoldirishga qaror qildi
13.02.2020 14:58,  
876

Yevropa birdamlik partiyasidan Ukraina parlamenti a’zosi Aleksey Goncharenkoga ko‘ra, Qrimni suv bilan ta’minlash masalasi, uni qayta "deokkupatsiya" bo‘lmaguncha hal qilinmaydi.

Bunday qaror "Verxovnaya Rada" inson huquqlari, Qrim va Donbassning "bosib olingan hududlari", milliy ozchiliklar va millatlararo munosabatlar bo‘yicha qayta ishg‘ol(deokkupatsiya) va reintegratsiya bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan, deb parlament a’zosining so‘zlaridan Rosbalt iqtibos keltirdi.

Xususan, deputatlar hozirgi siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, Qrimga suv yetkazib berishni imkonsiz deb tan olishdi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu yarimorolda yuzaga kelgan chigal vaziyat fonida Qrimni suv bilan ta’minlash muammosini hal qilish uchun Rossiyaga bir nechta variantlarni taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlanishicha, suv evaziga Kiyev oktyabr oyida Donbassda mahalliy saylovlar o‘tkazilishini talab qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан