Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
15.05.2019 16:30,  
3

Ukraina Vazirlar Mahkamasi Rossiyadan mamlakatga olib kirish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini kengaytirdi. 

Bu safar ro‘yxatga o‘g‘it, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, transport, sement, fanera kiritildi. Bundan tashqari, Kiyev Rossiyadan olib kiriladigan mahsulotlarga maxsus bojlarni joriy etadi.

Bosh vazir o‘rinbosari Stepan Kubivning so‘zlariga ko‘ra, yangi bojlar 1 avgustdan amal qilishni boshlaydi.

Ukraina iqtisodiyot vazirligida ta’kidlanishicha, bu chora ko‘mir, koks, benzin, suyultirilgan gaz va farmatsevtikadan tashqari barcha tovarlarga ta’sir qiladi.

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muloqot Ukrainada davlat to‘ntarishi, Qrimni Rossiya tomonidan bosib olinishi va Donbassda qarama-qarshiliklar boshlangandan so‘ng yomonlashdi.

2015 yil yanvarda Ukraina Rossiyani agressor-mamlakat deb tan oldi. Dekabr oyida esa Ukraina Vazirlar Mahkamasi kelib chiqishi Rossiya bo‘lgan tovarlarni Ukraina bojxona hududiga olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida qarorni qabul qildi. O‘sha vaqtda Kiyev 43 ta tovardan iborat ro‘yxatni tasdiqladi, keyinchalik uni 70 taga kengaytirdi.

2019 yil 10 aprelda yana bir qaror qabul qilinib, ro‘yxat sezilarli darajada to‘ldirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан