Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukraina xorijliklarga o‘z chegaralarini ochdi
30.09.2020 17:12,  
89

Ukraina 28 sentabr soat 00:00 dan boshlab xorijliklarning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda Ukraina davlat chegara xizmati ma’lum qildi. 

"Chet elliklarning kirib kelishidagi cheklovlar ham ko‘rsatilgan farmon o‘z kuchida qolmoqda. Bu hukumatning 641-sonli qarori. Shu bilan birga, unda 28-avgustdan 28-sentabrga qadar 00:00 gacha chet elliklarning mamlakatimizga kirishi taqiqlanganligi aniq ko‘rsatilgan edi. Aslida, bu kecha shu chet elliklarning mamlakatimizga kirishini taqiqlovchi norma o‘z kuchini yo‘qotdi. Bundan buyon chet elliklarning mamlakatimizga kirishi taqiqlanmaydi", - dedi Davlat chegara xizmati spikeri Andrey Demchenko Interfaks-Ukraina nashriga. 

Uning ta’kidlashicha, chegarachilar Ukrainaning davlat chegarasini kesib o‘tishni tartibga soluvchi qonunchilik normalari, ya’ni "Chegara nazorati to‘g‘risida" gi qonun, chet el fuqarolarining mamlakatga chiqish va kirish to‘g‘risida hukumat qaroriga amal qilishadi. 

"Ushbu qoida kuchini yo‘qotdi, chunki karantin davrida Ukrainaga kirishda chet elliklar to‘g‘risida hukumat belgilaydigan alohida punktlar mavjud emas", - dedi u.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukrianaga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Unda aytilishicha, Ukraina Hukumatining qarori bilan 2020 yilning 29 sentabrdan chet el fuqarolarining ushbu mamlakatga kirish tartibi o‘zgartirildi.

Bundan buyon xorijiy davlatlar fuqarolari Ukraina chegarasini kesib o‘tishda Ukrainada ro‘yxatdan o‘tgan yoki mazkur mamlakatda vakolatxonasiga ega bo‘lgan yohud ukrainalik shirkat bilan shartnoma tuzgan sug‘urta kompaniyasi tomonidan berilgan sug‘urta polisiga ega bo‘lshilari talab etiladi.

Sug‘urta chet el fuqarosining COVID-19'ga chalinganida davolanish xarajatlarini qoplashi va Ukrainada bo‘lish davriga to‘g‘ri keladigan muddatda amal qilishi kerak.

O‘zbekiston Ukraina uchun "yashil hudud" ga kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан