Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukrainada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi
25.09.2020 10:17,  
88

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini haqida e’lon qildi, deb xabar beradi Liga.Novosti nashri. 

Prezident Zelenskiy, Ukrainada kuzatilayotgan bemorlarning o‘sish sur’ati koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqinidan dalolat beradi, deb hisoblaydi.

Davlat rahbari epidemiyaning birinchi to‘lqini paytida, bahorda, mamlakatda kuniga 100 dan 300 gacha holatlar kuzatilganini ta’kidladi. Endi kuniga 3000 dan ortiq holatlar qayd etilmoqda.

Unga ko‘ra, rasmiylar Ukraina fuqarolarini ham, mamlakatga kelgan chet elliklarni ham xavf ostiga qo‘yishi mumkin emas. Shuning uchun Zelenskiy chet elliklarga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni to‘g‘ri deb hisoblaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Ukrainada 188 mingta koronavirus holati qayd etilgan, 3,7 ming kishi vafot etgan, 83,4 ming kishi sog‘aygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан