Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukrainadagi aviahalokatda 25 kishi halok bo‘ldi (video+foto)
26.09.2020 09:05,  
303

25 sentyabr, juma kuni An-26 harbiy transport samolyoti Xarkov yaqinida qulab tushdi. Bortda ekipajdan tashqari, Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari Xarkov universiteti kursantlari bo‘lgan.

Halokat samolyot qo‘nishga yaqinlashayotganda yuz bergan.

Davlat favqulodda xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida 27 kishi bo‘lgan.

 

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksiy Danilovning ta’kidlashicha, halokat o‘quv parvozi paytida yuz bergan.

Ukraina Bosh prokuraturasi 25 kishining o‘lganligini, og‘ir ahvolda bo‘lgan ikki kishining tibbiy muassasalarga yetkazilganligini xabar qildi. Aviahalokat fakti bo‘yicha Ukraina Jinoyat kodeksining "Parvozlar qoidalarini buzish va ularga tayyorgarlik ko‘rish" moddasi bo‘yicha tergov boshlandi.

 

Xarkov viloyati davlat ma’muriyati rahbari Aleksey Kucherning aytishicha, fojia sababi samolyot dvigatelining nosozligi bo‘lgan. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 26 sentabr kuni samolyot qulagan joyga yetib borishini ma’lum qildi.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yuqori vakili Josep Borrell halokat munosabati bilan Ukraina rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.

Xarkov viloyatidagi mahalliy hokimiyat 26 sentyabrni aviahalokatda halok bo‘lganlar uchun motam kuni deb e’lon qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан