Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishiga hamma ittifoqdoshlar birdek rozi emas
7.03.2022 19:52,  
501

Yevropa Ittifoqi Ukrainaning a’zolik arizasini muhokama qilmoqda. Kim qarshi bo‘ladi? Bu haqda BBC news nashri xabar bermoqda.

Yevropa Ittifoqi yaqin kunlarda Ukrainaning YeIga qo‘shilish imkoniyatlarini muhokama qiladi, dedi Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel.

"Yevropa Ittifoqida birdamlik, do‘stlik va Ukrainaga misli ko‘rilmagan yordam mustahkamdir", deb yozgan u.

Yetti kun oldin Ukraina Yevropa Ittifoqiga mamlakatni zudlik bilan maxsus tartib asosida Yevropa Ittifoqiga qabul qilish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen avvalroq Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bir necha oy ichida amalga oshirib bo‘lmaydigan chuqur transformatsion jarayonlarni talab qilishini ta’kidlagan edi.

7-mart, dushanba kuni Bloomberg o‘z manbalariga tayanib, Yevropa Ittifoqining bir qancha davlatlari, jumladan, Germaniya va Niderlandiya Ukrainaga bu hafta Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod bo‘lishiga qarshi ekanligini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан