Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uluqbek Maripov Qirg‘iziston Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi
2.02.2021 09:28,  
524

Qirg‘iziston parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan Hisob palatasi raisi Uluqbek Maripov nomzodini respublika bosh vazirligiga tasdiqladi. Ushbu qaror bugun qonunchilik kengashi yig‘ilishida qabul qilindi.

Yig‘ilishda qatnashgan deputatlarning aksariyati Maripov Bosh vazir vazifasini bajarishini ma’qulladi. Endi mamlakat qonunchiligiga binoan, uning nomzodini parlamentning to‘liq tarkibi va prezident tasdiqlashi lozim.

Maripov – Qirg‘izistonning amaldagi Hisob palatasi raisi. Avval Favqulodda vaziyatlar va Moliya vazirliklarida turli lavozimlarni egallagan. To‘rt yil davomida sobiq prezident Almazbek Atambayevning yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Ma’lumki, Sadir Japarov boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati 21 yanvar kuni Japarovning prezident saylovidagi g‘alabasidan so‘ng iste’fo bergan. Shundan buyon barcha vazirlar, shuningdek Bosh vazir Artyom Novikov ham Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilgunga qadar o‘z lavozimlarini vaqtincha bajaruvchi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан