Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Umra qilayotganlar Saudiyada 30 kungacha qolishlari mumkin
4.12.2021 22:39,  
214

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi boshqa mamlakatlardan umra ziyoratiga kelgan 18 yoshli va undan katta yoshdagi musulmonlar endi podshohlik hududida 30 kungacha qolishlari mumkinligini e’lon qildi.

O‘tgan yil oxirida umra ziyorati bosqichma-bosqich tiklanganidan so‘ng xorijlik ziyoratchilarga 10 kun qolishga ruxsat berilgan edi. So‘nggi haftalarda Saudiya Arabistoni virusga qarshi cheklovlarni yumshatib bormoqda.

Haj va umra vazirligining bildirishicha, Saudiya Arabistonida 30 kungacha qolmoqchi bo‘lgan xorijlik ziyoratchilar COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangan bo‘lishi kerak.

Saudiyada tan olingan vaksinalar bilan emlangan ziyoratchilar umra amallarini karantinsiz bajarishi mumkin. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tasdiqlagan boshqa vaksinalar bilan emlanganlar esa uch kunlik karantinda bo‘ladi.

Karantindan so‘ng ular manfiy ko‘rsatkichli PZR testi natijasini ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi, shundan keyingina umra amallarini bajarishlariga ruxsat beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан