Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirish bilan birgalikda Umra ziyoratchilarining O‘zbekistonga kirib kelish tartibi belgilanmoqda.
Xususan, Umra ziyoratidan qaytadigan O‘zbekiston fuqarolaridan koronavirusga PZR yoki ekspress test Saudiya Arabistoni hududida o‘zbek tibbiyot xodimlari tomonidan olinadi va manfiy natijasiga qarab mamlakatga kiritiladi.
"Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning fuqarolarimizni Umra ziyoratlaridan qaytishlarida ushbu natijalarga muvofiq kirib kelishini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi",-deyiladi xabarda.