Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Umumiy koronavirus aniqlanishi bo‘yicha Tojikiston O‘zbekistonga yetay deb qoldi
26.05.2020 19:04,  
431

26 may, seshanba kuni holati bo‘yicha Tojikistonda tasdiqlangan koronavirus holatlarining soni 3 266 kishiga yetdi. Oxirgi sutkada 166 ta yangi yuqtirish holatlari qayd etildi.

Virusdan halok bo‘lganlar soni bir kishiga ko‘payib, 47 kishini tashkil qilmoqda. 

Bugungi kunda 1 417 kishi koronavirusdan davolanmoqda. 

Avvalroq, Tojikistonning yangi sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda Covid-19 bilan og‘rigan bemorlarni davolash mutlaqo bepul va mamlakatda dori-darmonlar yetarli darajada ta’minlanganini aytgandi.

26 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3281 nafarni tashkil etmoqda. Shu bilan birga 2624 nafar bemor (80 %) butunlay sog‘aygan. Faol davolanayotganlar soni esa 644 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан