Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Umumta’lim fanlarida “IELTS'ning muqobili”i joriy etiladi
14.10.2020 10:37,  
202

2020 yil 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (№646, 12.10.2020) qabul qilindi, deb xabar bermoqda Davlat test markazi matbuot xizmati.

Qarorga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etiladi.

Sertifikatlashning joriy etish muddatlari quyidagicha:

  • 2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
  • 2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
  • 2022-2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

Sertifikat uchun hujjat topshirish pulli – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (hozirda 334,5 ming so‘m).

Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

Talabgor test sinovida qatnashish uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi va shaxsiy kabineti orqali kerakli hujjatlarni yuklaydi.

Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazilishi mumkin.

Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug‘i asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан