Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urganch shahrida yer osti avtomobil yo‘li ochildi (foto)
15.12.2021 14:59,  
181

Bugun Urganch shahrining qoq markazida bunyod etilgan zamonaviy yer osti avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Mazkur tunnelning  uzunligi 500 metr, kengligi 17 metrni tashkil etib, loyiha bo‘yicha soatiga 3200 ta avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega.

Yangi inshootning ochilish marosimida nuroniylar, yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar. Viloyat hokimi Farxod Ermanov  barchani yer osti yo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tabrikladi.

Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari shahardagi eng tirband yo‘llardan bo‘lib, al-Xorazmiy ko‘chasida sutkasiga o‘rtacha 18 ming, Islom Karimov ko‘chasida 14 ming dona  transport vositalari harakatlanadi. Yer osti yo‘li qurilishi natijasida ushbu chorrahadagi tirbandlik bartaraf etildi, yo‘l-transport hodisalarining oldi olinib, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан