Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urganch shahrida xalqaro universitet filiali tashkil etildi
18.09.2020 08:28,  
113

Hukumat qarori (558-son, 17.09.2020 y.) bilan Urganch shahrida xalqaro “Binary” (Malayziya) universiteti filiali tashkil etildi

Qarorga muvofiq, tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalari bo‘yicha malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti bo‘lib, o‘qish ingliz, rus va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filialda bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari hamda magistratura bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizidan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni bepul (Filial granti asosida) o‘qishga qabul qilish uchun ajratiladi.

Shuningdek, Filialda professor-o‘qituvchilar tarkibining 40 foizidan kam bo‘lmagan qismi malakali xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldiriladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston va Malayziyada oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан