Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urganchda buzilgan uyiga tovon puli ololmagan odamlar katta yo‘lni yopib qo‘ydi
27.07.2019 16:19,  
53

Urganchda buzilgan uyiga tovon puli ololmagan odamlar 26 iyul kechasi Urganch – Xonqa avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda bir necha mahalliy OAV xabar berdi.

Yo‘l to‘sish aksiyasida 200 ga yaqin odam ishtirok etgan, deb xabar beradi Gazeta.uz viloyat hokimligining hisob-kitobiga tayanib. «Ozodlik» mingga yaqin odam haqida gapirmoqda. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga qaraganda, viloyat hokimligining hisob-kitobi haqiqatga yaqinroqqa o‘xshaydi.

Norozilikka avvallari Xorazm viloyati Urganch shahrining Ashxobod ko‘chasida istiqomat qilgan, uyi buzilib Urganch tumani Chandirqiyot qishlog‘idan yer ajratib berilgan oilalar hokimlikdan tovon pulini ololmayotgani, qurilish materiallari narxi haddan ortiq oshib ketgani sabab bo‘lgan.

«26 iyul kuni Chandirqiyot qishlog‘i hududiga ko‘chirib yuborilgan va dalada chodir va chartak (kapa) qurib yashayotgan, ammo bir-ikki oydan beri kompensatsiya pulini ololmayotgan aholining sabr kosasi to‘lgan. Shu kuni soat taxminan 21:00 da ular Urganch – Xonqa yo‘lining qatnov qismini to‘sishdi», – deb yozadi Kun.uz muxbiri.

Natijada bir necha soat davomida katta yo‘lda avtomobillar harakati to‘xtab qoldi.

«400 dan ortiq oilaga qop-qop va’dalar berib, uylarini buzib, Chandirqiyot qishlog‘idagi dalaga ko‘chirib tashlashdi. Suv yo‘q, changu tuproqda aholi bir necha oydan buyon azob bilan yashayapti. Bir oy avval xom g‘isht 180 so‘m edi, hozir 250 so‘mga chiqib ketdi, pishgan g‘isht 650 so‘m edi, endi 850-900 so‘mga chiqdi. Ustalarning ish haqi ikki baravar oshdi. Uylarni buzishdan oldin 50 foiz pulini berib, chaylaga borsang qolgan 50 foizini beraman dedi. Xalq bunga ham rozi bo‘ldi. Hammani chaylaga 100 foiz chiqarib olganidan so‘ng pul berish to‘xtatildi», – deb keltiradi «Ozodlik» norozilik namoyishida qatnashgan urganchliklarning fikrini.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov aholini tinchlantirib, 27 iyul kuni ertalab soat 8:00 da shu joyning o‘zida ishchi guruhini tuzib, aholi vakillari bilan muzokara o‘tkazib, muammolarning yechimini topishga va’da berganidan so‘ng odamlar tarqala boshladi. Soat taxminan 23:30 da Urganch – Xonqa yo‘li ochildi va transportlarning harakati tiklandi.

Farhod Ermanov har bir xonadon vakili bilan uchrashib, ajratilgan yerning miqdoridan norozi bo‘lganlarga, nogironlarga, homilador ayollari bor oilalarga qo‘shimcha yer ajratish, tovon pulidan 10 foiz miqdoridagi mablag‘ning ushlab qolinishini bekor qilish haqida ko‘rsatma berdi.

Viloyat hokimi shuningdek 5 milliard so‘m miqdorida tovon puli ro‘yxat bo‘yicha tarqatilishi, 1 avgustgacha yana 15 milliard so‘m berilishi, natijada hamma 50 foiz miqdoridagi tovon pulini olishi, 10 avgustgacha esa barcha xonadon egalari bilan kompensatsiya miqdori 100 foiz hisob-kitob qilinishi haqida va’da berdi, deb yozadi Kun.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан