Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urganchda o‘rnatiladigan bronza ot Ginnes rekordini zabt etishi mumkin
19.04.2021 13:16,  
360

«360» telekanali xabariga ko‘ra, Urganchda dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi. U Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi kutilmoqda.

«Jukovskiy zavodidagi haykaltaroshlar bronzadan dunyodagi eng katta ot haykalini quyish ishlarining yakuniy bosqichini bajarishmoqda, faqat kichik detallari qolgan. Tagkursi bilan birgalikda haykalning balandligi 25 metrni tashkil etadi. U O‘zbekiston hukumatining buyrug‘i bilan ishlab chiqarilgan va Urganch shahrida o‘rnatiladi», — deyiladi xabarda.

Eng katta ot haykali Mo‘g‘ulistonda mavjud bo‘lib, Chingizxon bilan birgalikda uning balandligi 50 metrni tashkil etadi. Biroq ushbu haykal bronzadan ishlanmagan.

«Ular eng baland haykal bo‘lishini istashmadi. Bo‘lmasa 50 metr balandlikdagi haykalni buyurtma qilishlari mumkin edi. 25 metr balandlik tarixiy obidalar bilan birga uyg‘unlik kasb etadi», — deya ta’kidladi haykaltarosh, loyiha muallifi Vitaliy Kazanskiy.

Haykalda nafaqat otning o‘zi, balki birgalikda bundan roppa-rosa 1200 yil muqaddam mo‘g‘ullar istilosiga qarshi jang qilgan O‘zbek xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi ham aks etishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha mualliflari ikki yildan buyon loyiha ustida ishlashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi loyiha tasdiqlangunicha bir necha namunalar ishlangan. Ushbu loyihani shaxsan Mirziyoyevning o‘zi tasdiqlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан