Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urganchda qat’iy karantin cheklovlari qaytadan joriy qilindi
9.06.2020 18:44,  
478

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududlar toifasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi axborotida Urganch shahri «qizil» toifadagi hududga kiritilganligi munosabati bilan quyidagi cheklovlar qayta joriy qilindi:

- avtomashinalar yuvish shoxobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;

- hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;

- park va istirohat bog‘lari faoliyati;

- nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo faoliyati, zargarlik va gul sotish do‘konlari faoliyati;

- yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashish faoliyati;

jamoat transporti harakati faoliyati;

- barcha turdagi ommaviy tadbirlar (konsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari), oilaviy tantana, ma’raka va marosimlari (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) faoliyati;

- buyum bozorlari faoliyati;

- savdo majmualari faoliyati;

- sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati;

- sport zallari va fitnes klublar, spa va massaj salonlari faoliyati;

- tungi klub va diskotekalar faoliyati;

- karaoke va bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari, kompyuter o‘yinlari faoliyati;

- umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (yetkazib berish uchun tayyorlash bundan mustasno);

- yaxna ichimlik savdo nuqtalari faoliyati;

- ta’lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) o‘quv kurslari faoliyati;

- mehmonxonalar, shuningdek, xostellar va mehmon uylari faoliyati;

- davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar qabuli faoliyati;

- o‘zini-o‘zi yakkalash hayot tarzi (65 yoshdan oshgan shaxslar uchun) majburiy.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан