Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urganchdagi g‘isht zavodi 440,8 mln. so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘riladi
14.10.2020 10:47,  
102

Urganch shahar Sanaoatchilar ko‘chasida joylashgan “Jahongir” MChJga qarashli g‘isht zavodi va choyxona katta miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar beradi.

G‘isht pishirishga mo‘ljallangan 20 ta xumdon (kamera)dan 5 tasi hech qanday hujjat va ruxsatnomalarsiz, gaz taqsimlash qurilmasi (GTQ) tamg‘alarini yaroqsiz holga keltirgan holda hamda qo‘shimcha o‘rnatilgan gaz jo‘mragi orqali polietilen quvurlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib olgan.

Bundan tashqari, "Jahongir" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli choyxona ham tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini qo‘pol ravishda buzib faoliyat ko‘rsatayotgani aniqlandi. Loyiha hujjatlariga ko‘ra, ushbu ovqatlanish ob’yekti temir quvurlar bilan gazlashtirilishi kerak bo‘lgan bo‘lsada, amalda esa, polietilen quvurlar orqali gazga ulanib, taom tayyorlash uchun mo‘ljallangan qo‘lbola 12 ta komforkali uskunalardan foydalanib kelingan. GTQga ulash uchun ishlatilgan rezina shlanglar, 3 ta gaz yondirgich (gorelka) va g‘isht namunalaridan ashyoviy dalil sifatida tahlil uchun olindi.

"Jahongir" MChJ tomonidan ushbu qonunbuzarlik holati natijasida, gaz yetkazib beruvchi tashkilotlarga jami 440,8 million so‘m zarar yetkazilgan.

“Korxona hozirda gaz ta’minotidan to‘liq uzildi. Mazkur ish bo‘yicha barcha hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish uchun, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi", - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан