Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urganchdagi monitorda behayo video qo‘yilgani sababi aniqlandi
1.04.2022 09:25,  
1122

2022 yil 31 mart kuni soat 19:20 da Xorazm viloyati IIB navbatchilik qismiga Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Xonqa ko‘chasi chorrahasida o‘rnatilgan reklama monitorida pornografik mazmundagi video namoyish etilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Rasmiy munosabatda qayd etilishicha, ushbu videolavhaning reklama monitoridagi namoyishi to‘xtatilgan va ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv ishlari natijasida pornografik mazmundagi videolavha reklama monitori tegishli bo‘lgan bo‘lgan xususiy firma ishchisi, 1978 yilda tug‘ilgan I.I. tomonidan  reklama roliklarini joylashtirish jarayonida ehtiyotsizlik natijasida monitor xotirasiga yuklanganligi aniqlangan.

Xozirda holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан