Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
10.02.2021 09:00,  
111

Prezident farmoni bilan ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida aviareyslar va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

Hujjat bilan bir oy muddatda, yaqinda ochilgan Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona reysiga qo‘shimcha tarzda, Termiz-Urganch-Termiz hamda Qarshi-Urganch-Qarshi aviareyslarini yo‘lga qo‘yish va Andijon-Xiva-Andijon temir yo‘l qatnovi sonini oshirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, 2021 yil 1 aprelga qadar Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Farmon bilan aviareyslarni va temir yo‘l qatnovlarini, shuningdek, Toshkent shahridan Buxoro, Nukus, Termiz va Urganch shaharlari hamda Farg‘ona vodiysiga qatnov yo‘nalishlari bo‘yicha aviareyslarni subsidiyalash ham ko‘zda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан