Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urgut tumani hokimi o‘z oilasi bilan tog‘li hududdagi qishloqda qoldi
17.12.2019 10:07,  
1746

Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev o‘z oilasi bilan qish faslida tog‘li hududda yashayotgan aholining turmush tarzini o‘rganish, qish faslida qishloq ahli hayoti, oddiy kun kechinmalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, his etish uchun bir tun qishloqda mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tuman hokimi ikki nafar farzandi va turmush o‘rtog‘i bilan tumanning eng chekka tog‘li qishlog‘i Soyg‘o‘sda qish fasli hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Soyg‘o‘s mahallasi tumanning eng chekka tog‘li hududi oxirgi qishlog‘i hisoblanadi, bu yerda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

“Qishloq ahli odamlariga ta’zim qilaman. Meni va oilamni samimiy, yurakdan qabul qilganlari uchun. Qishloqlarda muammolar ham yetarli, hokimlikning bu yerlarda amalga oshiradigan ishlari talaygina. Qishloq ahli bilan kengashib, o‘zim bajarishim kerak bo‘lgan ishlar chora-tadbirlarini belgilab oldim. Rejalar tuzdim.

Foto: O‘zA

Xalqqa yaqinlik odamni o‘zligiga, ezgulikka chorlaydi. Sandal atrofida bobolar bilan qishloq tarixi, buguni, kelajagi haqida uzun suhbatlar qurdim. Bolalarimga ham o‘zimning shunday kechgan yoshligim haqida so‘zlab berdim. Qishloq xalqi boshqacha, ularning fazilatlarini ta’riflashga til ojiz, buni yurakdan his qilish kerak“, deydi Urgut tuman hokimi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан