Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urgutda “opiy” va “geroin” giyohvand moddalarini olib yurgan shaxs ushlandi
9.10.2021 20:54,  
80

Joriy yilning 2 oktyabr kuni Samarqand viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan Urgut tumani hududida o‘tkazilgan tadbirda Urgut tumani “Sariq tepa” mahallasida “Cobalt” rusumli avtomashina shubha uyg‘otganligi sababli tuman IIB binosiga olib kelinib, xolislar ishtirokida haydovchisi, Samarqand shahar Manguberdi ko‘chasida yashovchi, 1975 y.t., fuqaro B.M. shaxsiy tintuv qilingan vaqtida, egnidagi qora rangli sport kiyimining o‘ng cho‘ntagidan 3 dona sellofan paketga solingan oq rangli, o‘tkir hidli, “geroin” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar va chap cho‘ntagidan 10 dona sellofan paketlarga alohida-alohida qilib qadoqlangan qora rangli “opiy” giyohvandlik moddalariga o‘xshash giyohvandlik moddalari va 1 dona elektron tarozi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Viloyat IIB YeKBning ma’lumotnomalarida, fuqaro B.M.dan daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan 3 dona sellofan bo‘laklariga “geroin” giyohvandlik moddasi turiga kirishi, uni sof og‘irligi 2,96 grammga tengligi, 10 dona selofan bo‘laklariga qadoqlangan modda “opiy” guruhiga mansub bo‘lgan giyohvand alkaloidlar-morfin, kodein, tebain mavjudligi, bu modda “opiy” giyohvandlik moddasi turiga kirishi, uni sof og‘irligi 8,69 grammga teng ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан