Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urush boshlandi — Saudi Aramco zaxiradagi neftlarni bozorga chiqarishga qaror qildi
11.03.2020 11:15,  
3027

Saudiya Arabistonining neft shirkati Saudi Aramco neft qazib olishning aniq rejalashtirilayotgan raqamlarini ma’lum qildi —aprel oyida kuniga 12,3 mln barrel.

Rejalashtirilgan qazib olish mart oyiga nisbatan 2,6 mln barrelga ko‘proqdir. Hatto mart oyidagi 9,7 mln barrel/kunlik ham neftga bo‘lgan talabning barqaror darajasining maksimumi sanaladi deb hisoblaydi tahlilchilar.

Saudi Aramco rejalari to‘g‘risida AFP fransuz nashri o‘z tvitterida xabar berdi. Neft shirkatning aksiyalari 6 %ga ko‘tarilib, hozirda 30,05 rialga yetdi.

 

Rossiya hukumati allaqachon mahalliy neft kompaniyalari qazib olishni kuniga 200-300 ming barrelga, kelajakda esa 500 mingtagacha oshirishini aytishdi, dedi energetika vaziri Aleksandr Novak. U neft kompaniyalari investitsiya rejalarini qayta ko‘rib chiqishlari kerakligini tan oldi, ammo neft narxi bir necha oy ichida tiklanishiga umid bildirdi.

Mavzuga doir: Rossiya neft narxi $25 gacha tushib ketishiga tayyor

Brent bahosidagi neftning may oyidagi fyucherslari barrel uchun taxminan 36,2 dollarni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni Rossiyaga qarshi neft urushini boshlaydimi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан