Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urush qoidalari o‘zgardi(mi): AQSh va Xitoy bir-biridan diplomatik konsulliklarni yopishni talab qilyapti
23.07.2020 12:23,  
455

Dunyoning ikkita eng qudratli iqtisodiyotlari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi diplomatik urush davom etmoqda. Seshanba kuni AQSh rasmiylari Xyuston shahridagi Xitoy bosh konsulligini 72 soat ichida yopishni talab qilgan edi. Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Xitoy bunga javoban Uxan shahridagi Amerika konsulligini yopishni ko‘rib chiqmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Reuters so‘roviga darhol javob bermadi, ammo bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda, agar AQSh o‘z qaroridan voz kechmasa, javob olishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Vazirlik buni siyosiy provokatsiya, xalqaro huquq normalarining va konsullik aloqalari bo‘yicha Xitoy-Amerika shartnomasining jiddiy buzilishi deb atadi. 

O‘zi nimadan boshladi 

Xyustondagi Xitoy konsulligi hovlisida diplomatlar turli hujjatlarni yoqishdi va mahalliy aholi tomonidan chaqirilgan o‘t o‘chirish brigadasining ishlashiga ruxsat bermadi. 

Konsulliklarni yopish haqidagi qarorlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashayotgan bir paytda qabul qilindi. Politico nashrining yozishicha, Qo‘shma Shtatlarning so‘nggi qadamlari yaqinlashib kelayotgan prezident saylovlari bilan bog‘liq: ovoz berish jarayonida reytingini yo‘qotayotgan Prezident Donald Tramp Xitoyga nisbatan qattiq munosabatni namoyish qilmoqda.

Chorshanba kuni Oq uyda matbuot anjumani o‘tkazgan janob Tramp mamlakatdagi Xitoyning boshqa elchixona va konsulliklari yopilishi mumkinligini inkor qilmadi.

Hozirda Amerika hududida Xitoyning Nyu-York, Chikago, San-Fransisko va Los-Anjelesdagi konsulliklari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан