Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Urush tugamoqda: AQSh-Xitoy kelishuvga erishdi
16.01.2020 19:16,  
959

AQSh va Xitoy savdo bitimining "birinchi bosqichi" bo‘yicha hujjatlar imzoladilar. Yaqin kunlarda tomonlar ikkinchi qismi bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qarama-qarshilikning tugashi jahon iqtisodiyoti o‘sishini tezlashtiradi.

“Muzokaralar keskin va halol, o‘zaro hurmatda o‘tdi", - deya izohladi Tramp. Uning qo‘shimcha qilishicha, u yaqin kelajakda Xitoyga tashrif buyuradi.

Oq uyga tashrif buyurgan XXR Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe mamlakat rahbari Si Jinpingning maktubini o‘qib berdi.

“Bu kelishuv Xitoy uchun ham, AQSh uchun ham, dunyo uchun ham foydalidir. Bu o‘zaro iqtisodiy kelishuv bo‘lib, u barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, tinchlik va farovonlikni ta’minlaydi va har ikki mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning manfaatlariga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ushbu kelishuv biron bir uchinchi davlatning qonuniy manfaatlariga qarshi qaratilgan emas va ta’sir qilmaydi va JST standartlariga mos keladi ", dedi Liu Xe.

Bitimning birinchi bosqichida Pekin AQShdan tovarlar importini kamida $200 mlrdga ko‘paytiradi. O‘z navbatida Vashington Chin yurtiga qo‘yilgan ba’zi bojlarni bekor qiladi va yangi iqtisodiy choralar ko‘rmaydi.

Shuningdek, Xitoy mualliflik huquqini himoya qilishni kuchaytirishga va’da berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан