Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ushlangan shaxsga protsessual huquqlarini tushuntirmasdan turib, undan yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish taqiqlanadi
10.08.2020 17:08,  
192

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan Farmon qabul qilindi. 

Ushbu hujjatda amaliyotda saqlanib qolayotgan inson huquqlari buzish holatlari, ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar nazarda tutilgan.  

Bundan tashqari, tergov sifatini xalqaro standartlar asosida tubdan oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilangan.

Jumladan:

1. Yarashuv institutini qo‘llash mexanizmi takomillashtirilmoqda. Unga ko‘ra, shaxsga nisbatan tergov davrida e’lon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida ko‘rilayotganligidan qat’i nazar yarashuv instituti doirasiga tushadigan yengilroq moddaga qayta malakalangan hollarda yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati yaratilmoqda.

2. Ushlangan shaxsning huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish maqsadida:

- ushlab turish muddatini jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgan vaqtdan boshlab emas, balki shaxs haqiqatda ushlangan vaqtdan boshlab hisoblash;

- shaxs amalda ushlangan paytdan boshlab, tegishli mansabdor shaxs u bilan bog‘liq surishtiruv va tergov harakatlarini o‘tkazishdan oldin himoyachi bilan xoli uchrashuvni ta’minlashi shartligi haqidagi qoida nazarda tutilmoqda.

3. O‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga oid jinoyat ishi bo‘yicha, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash holatlarida himoyachining ishtirok etishi shartligi belgilandi.

4. Sudga qadar ish yuritish davrida shaxs huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida:

– agar ushlangan ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish;

shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun real asoslar mavjud bo‘lgan hollarda uni guvoh tariqasida so‘roq qilish, shuningdek, protsessual huquqlarini tushuntirmasdan turib, undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish taqiqlanmoqda.

Ma’lumki, ayblanuvchining qonun va xalqaro hujjatlarda aks etgan eng asosiy huquqlaridan biri – bu ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish huquqidir. Farmon bilan ushbu huquqni amaliyotda to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniyati yaratilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан