Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Usmon Yusupov uy-muzeyi rekonstruksiya qilinmoqda
24.02.2020 14:51,  
882

Yangiyo‘l shahrining markazida shu yilning 1 mart kuni 120 yilligi keng nishonlanishi ko‘zda tutilgan Usmon Yusupovning tarixiy uy-muzeyi rekonstruksiya qilinmoqda. Uning umumiy maydoni – 9380 kv.m. bo‘lib, ikkita bino, ya’ni memorial uy va ekspozitsiya ko‘rgazma zalidan iborat.

Usmon Yusupovich Yusupov

 

Usmon Yusupovich Yusupov - Sovet davlati va partiyasi rahbari. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1937-1950). 

Usmon Yusupov tashabbusi va shaxsiy ishtiroki bilan 1939 yilda 160 ming o‘zbeklar qisqa vaqt 45 kun ichida, deyarli qo‘l bilan, faqat ketmon va belkurak yordamida 18 million kubometr tuproqni chiqarib, Farg‘ona kanalini qurdi. Uning uzunligi 345 kilometr bo‘lib, sovet ittifoqining paxta importiga chek qo‘yilishiga zamin yaratgan.

Ushbu uy-muzeyga Usmon Yusupov oilasi bilan 1945 yilda ko‘chib kelgan va hayotining ko‘p qismini shu uyda kechirgan. Usmon Yusupov 1966 yil 7 mayda, uning turmush o‘rtog‘i Yuliya Leonidovna Stepanenko 1972 yil 28 aprelda vafot etgan.

Shundan so‘ng 1974 yil 24 iyunda O‘zbekiston fanlar akademiyasining O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyining filialida Usmon Yusupov uy-muzeyi tashkil etiladi. 1975 yil 1 martda esa muzeyning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан