Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uxanda hududdan hududga o‘tish cheklab qo‘yildi
15.02.2020 13:13,  
550

Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Uxan shahrida 14 fevraldan karantin rejimi yanada kuchaytirildi. Bu haqda mamlakat kommunistik partiyasi rasmiylari ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, hukumat Uxanda shahar ichidagi hududdan hududga o‘tishni taqiqlab qo‘ydi.

Endi shahar ichidan tumanlarga faqatgina nazorat-o‘tkazuv punktlari orqali o‘tish mumkin. O‘tish uchun esa jiddiy sabab bo‘lishi talab qilinadi. Aks holda o‘tkazish taqiqlanadi.

O‘tkazuv punktlarida mutaxassislar fuqarolarning tana harortalarini tekshirishadi.

2019 yilning dekabrida boshlangan epidemiya sabab, Xitoyda vafot etganlar soni 1500 kishidan oshdi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati musulmonlar ko‘p yashaydigan Shinjon-Uyg‘ur avtonom o‘lkasida shahar ichida hududdan hududga nazorat-o‘tkazuv punktlari orqali o‘tish rejimini joriy qilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан