Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uxan koronavirusini yuqtirgan birinchi odam topildi
26.03.2020 17:46,  
3704

Koronavirus virusini yuqtirgan birinchi xitoylik ayol Uxandagi Xuanan dengiz bozorida sotuvchilik qiladigan Vey ismli ayol bo‘lib chiqdi. Bu haqda Thepaper gazetasi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, u qanday qilib infeksiyani aniq yuqtirganligi hozirgacha noma’lumdir.

Nashr, shuningdek, birinchi yuqtirganlar ro‘yxati bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Xuanan bozoriga 24 kishi tashrif buyurgan, ularning to‘rttasi xuddi shu oilaning a’zolaridir.

Ma’lum bo‘lishicha, Vey uzoq vaqt bozor yaqinida yashagan. U o‘zida yuqori haroratni sezib, uyining birinchi qavatidagi klinikaga murojaat qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, normal holatlarda shamollashni yengib tezda tuzalib ketgan. Ammo bu safar  xavotirga tushdi, chunki hatto ukollar ham kasalliklardan xalos bo‘lishga yordam bermadi. Ayol boshqa klinikaga murojaat qilganida, u yerda ham unga yordam berisha olmagan.

16 dekabr kuni Vey Xuanjun Fan-Texnologiya Universitetining "Wuhan Union Hospital" kasalxonasiga yetib kelgan va u yerda unda koronavirus borligini tasdiqlashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан