Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimidan ozod etildi
6.01.2021 13:02,  
538

Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimidan ozod etildi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga hayfsan va qurilish vaziriga ogohlantirish berildi.

4 yanvar kuni Vazirlar mahkamasida prezident administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomitdinov raisligida 2020 yil yakunlari hamda 2021 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar berdi.

«Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha prezidentga axborot berilgan. Bunga asosan davlat rahbari uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliyevni ishda yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari, berilgan ogohlantirishlardan tegishli xulosa chiqarmagani uchun lavozimidan ozod qilgan».

Bundan tashqari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abduraxmon Abduvaliyevga hayfsan e’lon qilingan, hamda qurilish vaziri Botir Zokirovga ogohlantirish berilgan.

Abduraxmon Abduvaliyev 6 oy ichida ko‘rsatilgan kamchiliklarini bartaraf etmasa, lavozimida qolish masalasi ko‘rib chiqilishi aytild",- deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан