Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uy sharoitida karantinga olinganlarni saqlash tartibi belgilandi
27.04.2020 14:11,  
449

Avval xabar qilganimizdek, “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (254-son, 25.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda sanitariya-epidimiologik osoyishtalik markazlari hamda hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati shakllantiriladi.

Ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari bilan hamkorlikda darhol muloqotda bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirilishi va saqlanishini ta’minlaydi.

Muloqotda bo‘lgan shaxslar 14 kun davomida yoki ularning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida uy sharoitida karantinga olinadi.

Muloqotda bo‘lgan shaxs uy sharoitida karantinga olinganda u bilan bir uyda yashovchi barcha shaxslar karantinga olinadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qat’iyan man etiladi, ularga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxs bilan bir uyda bo‘lgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantin muddati davomida tibbiyot xodimlari tomonidan har kuni 2 mahal ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda birinchi ko‘rik soat 9:00 gacha, ikkinchi ko‘rik 16:00 gacha amalga oshirilishi lozim.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan haftada bir marotaba karantinga olingan uyning (xonadonning) tevarak-atrofida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda karantin muddatida koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni uy karantinidan chiqarish bo‘yicha sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан