Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UzAuto Motors 2022 yilning yozidan Tracker ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
24.12.2021 10:58,  
118

UzAuto Motors bazasida Tracker avtomobillarini ommaviy ravishda ishlab chiqarish 2022 yilning yoz fasli o‘rtalariga rejalashtirilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Oldinroq Asakadagi avtozavodda mazkur mashinaning birinchi test versiyasi ishlab chiqarilgan. «Hozirda konveyerni sozlash va avtomobillarni testdan o‘tkazish jarayonlari ketmoqda», — deyiladi kompaniya xabarida.

Ma’lum qilinishicha, avtomobili modeli Global Emerging Markets (GEM) yagon byudjet platformada kichik uzelli yig‘ish usuli orqali ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi kamida 50 foiz bo‘lishi kutilmoqda. «Ammo biz ushbu ko‘rsatkichni oshirib boramiz», — deydi kompaniyadagilar.

Ishlab chiqarish hajmi yiliga kamida 80 ming avtomobilni tashkil etadi. Hozircha mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi tayyor holda import qilinadigan Tracker modelidan qanchalik farq qilishi noma’lum.

«Tajribadan ma’lumki, avtomobilning haqiqiy narxi haqida faqatgina tannarxi aniq bo‘lgach, gapirish mumkin. So‘nggi yillarda bunga logistika va import qilinadigan mikrochiplarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq vaziyat katta ta’sir ko‘rsatmoqda», — deyiladi kompaniya xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig‘iladi. Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o‘tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirish va moslashtirishga imkon beradi. UzAuto Motors’ning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassis jalb qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан