Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"UzAvto-Motors” aksiyadorlik jamiyati ikkinchi marotaba ham sudda g‘alaba qozonmoqda
18.12.2020 15:57,  
327

Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyasiya instansiyasining ish yurituvida arizachi - “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatining javobgar – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi ma’muriy ish yuzasidan sudning 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan javobgar tomonidan keltirilgan apellyasiya shikoyati 2020 yil 18 dekabr kuni mazmunan ko‘rib chiqildi.

Ushbu sud majlisida javobgar vakillari tomonidan apellyasiya shikoyatiga qo‘shimcha taqdim etilib, taraflar o‘rtasida muhokama qilinib ish yurituviga qabul qilindi.

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati vakillarining javobgar tomonidan keltirilgan apellyasiya shikoyati yuzasidan e’tirozlari tinglandi.

Apellyasiya sudlov hay’ati taraflarning tushuntirishlari va prokurorning fikrini eshitib, ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra birinchi instansiya sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi o‘zgarishsiz, keltirilgan apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Shuningdek, sudlov hay’ati ishni ko‘rishda taraf sifatida “Azimavtomotive” MChJ va iste’molchilarni uchinchi shaxs sifatida jalb etish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad etilganligini e’lon qildi.

Sudning qarori e’lon qilinganidan so‘ng, taraflarga nima sababdan sudlov hay’ati ushbu xulosaga kelganligi va qarorga nisbatan shikoyat berish muddati va tartibi to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан