Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“UzAuto Motors” “Captiva” xaridorlariga pullarini qaytarishni boshladi
30.11.2021 15:07,  
120

“UzAuto Motors” yetkazib berishi to‘xtatilgan “Chevrolet Captiva 5” avtomobili uchun xaridorlarga pullarini qaytarish va kompensatsiya to‘lashni boshladi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, “Captiva 5” uchun pul to‘lagan 461 nafar xaridordan 161 nafari pullarini qaytarib olishgan. 207 kishi boshqa modelni olishga qaror qilgan

29 noyabrdan va’da qilingan 5 foizlik kompensatsiyani to‘lash boshlangan. 41 nafar mijoz uni olishga ulgurgan.

Kompaniya qolgan xaridorlar ham o‘z mablag‘lari va kompensatsiyani yaqin ikki-uch kun ichida olishlariga ishontirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “UzAuto Motors” AJ “Captiva 5” avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni to‘xtatishi hamda oldin tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mijozlar pullarini qaytarishini ma’lum qilgan edi. Qo‘shimcha ravishda oldindan to‘lov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida to‘lashga va’da bergan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан