Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UzAuto Motors kompaniyasi yangi modellar va yangi ranglardagi avtomobillarni qachon taqdim etadi?
5.07.2019 16:36,  
464

4 iyul kuni Asaka avtomobil zavodida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov kompaniya tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan yangi modellar va avtomobillarga sepiladigan yangi ranglar haqida ma’lumot berdi.

«Afsuski, hamma ma’lumotni oshkor eta olmayman. Chunki bu kompaniya siri. Aytishim mumkinki, biz yangi modellarni o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolaganmiz. Yangi modellar mutlaqo yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi. Ularning dvigateli, elektronikasi, xavfsizlik texnikasi umuman boshqacha bo‘ladi. Biz hozirda yangi modellarni ishlab chiqarish uchun stanoklar xarid qilish yuzasidan ish olib bormoqdamiz», — deydi Rustam Rajabov.

UzAuto Motors kompaniyasi rahbarining qayd etishicha, Cobalt o‘rniga yangi model ishlab chiqariladi va u yil oxiriga qadar taqdim etiladi.

Shuningdek, yil oxiriga qadar SUV toifadagi mashinalar hamda Toshkentda yig‘iladigan Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse avtomobillarining ham ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, sentyabr oxiridan boshlab kompaniya yangi ranglardagi avtomobillarni ham ishlab chiqara boshlaydi. Ushbu ranglar GM kompaniyasi zavodlari ichida faqat O‘zbekistonda joriy etilmoqda.

Eksklyuziv buyurtma qilinadigan avtomobillar uchun GK2 — jilosiz qora rangdan foydalaniladi. Shuningdek, GBO — ho‘l asfaltrangning yangi jilosi, GAN to‘q feruza rang, GD8 — qora tuslardan ham foydalaniladi. Yangi rangli avtomobillar to‘rtinchi chorakdan boshlab mijozlarga yetkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан