Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«UzAuto Motors» o‘z «Tracker» avtomobilini ishlab chiqarmoqchi
25.12.2021 18:39,  
142

«UzAuto Motors» kompaniyasi 2022 yil yozi o‘rtalarida yangi «Tracker» avtomobilining kichik uzelli yig‘ishini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda Asakadagi avtozavodda mashinalarning sinov variantlari ishlab chiqarildi. «Hozirda konveyerni joylashtirish va avtomobillarni sinovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda», deya qayd etgan kompaniya.

Avtomobil modeli Global Emerging Markets (GEM) yagona byudjet platformasida kichik uzelli yig‘ish uslubida ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi kamida 50 foiz bo‘lishi kutilmoqda. «Biroq biz bu ko‘rsatkichni oshiramiz», deyiladi xabarda.

Ishlab chiqarish hajmining yiliga eng kamida 80 ming dona avtomobil darajasida bo‘lishi rejalashtirilgan. Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar narxining hozirda tayyor ko‘rinishda import qilinayotgan «Tracker» modellaridan qanchalik farq qilishi hali ma’lum emas.

«Amaliyotning ko‘rsatishicha, avtomobil narxi haqida faqatgina tannarxi belgilanganidan keyin aytish mumkin. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich logistika va import mikrochiplari bilan bog‘liq vaziyatga juda ham bog‘liq bo‘lib turibdi», deya ma’lum qildi kompaniya.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан