"UzAuto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat kiritdi. Bu haqda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, sud shu yilning 2 oktyabr kuni soat 10.00 da Toshkent shahar ma’muriy sudi binosida bo‘lib o‘tadi.
Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish bo‘yicha 19.08.2020 yildagi qarorini haqiqiy emas, deb topish haqidagi shikoyat arizasi ko‘rib chiqiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish bo‘yicha 19.08.2020 yildagi qarorida "UzAuto Motors” AJdan yengil avtomobillar narxining asossiz oshirilgan qismini tushirish va ortiqcha olingan mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish vazifasi yuklatilgan edi.
"Ko‘ramiz sud bu ishni qanchalik mustaqil ko‘rib chiqib, qonunlarga asosan qaror qabul qilarkan.
Shuncha qiyinchilik bilan xalq roziligi uchun boshni kundaga qo‘yib qilinayotgan ishdan hafsala pir bo‘lmasinda ishqilib" - deydi deputat.
MAVZUGA DOIR MAQOLALAR:
-
Kusherbayev «O‘zavtomotors»ga: Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz, haqiqat shu!
-
«Raqobat to‘g‘risida» qonunni buzgani uchun “UZAUTOMOTORS”ga ish qo‘zg‘atildi
-
«UzAuto Motors» avtomobillar narxini belgilashda butlovchi qismlar narxini oshirib kiritgani aniqlandi
-
UzAuto Motors avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln so‘mgacha tushirishi mumkin
-
UZAUTOMOTORS qaysi avtomobillari narxini pasaytirishi kerakligi ma’lum qilindi
-
UzAuto Motors avtomobillar narxini pasaytirish imkonsiz ekanligini ma’lum qildi
- UZAUTOMOTORS ishida jinoyat alomatlariga baho berish bo‘yicha Bosh prokurorga deputatlik so‘rovi kiritildi