Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UzAuto Motors savdo tizimiga SAP texnologiyalarini tatbiq etmoqda
13.02.2021 20:24,  
1169

UzAuto Motors ERP/CRM SAP tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali kompaniyaning biznes jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish boshlanganligini ma’lum qildi.

“SAP texnologiyalaridan foydalanish murakkab biznes jarayonlarni optimallashtirishga, ishlab chiqarish, sotish, kadrlar bilan ishlash va buxgalteriya hisobini rejalashtirishni to‘liq avtomatlashtirishni ta’minlaydi.

UzAuto Motors savdo tizimiga SAP texnologiyalarining tatbiq etilishi eng avvalo, inson omili ta’sirisiz avtomobillar savdosining shaffofligini ta’minlaydi. Ushbu jarayon yakunlanmagunga qadar, Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning tarqatilishi va shartnoma berilishi vaqtincha to‘xtatildi.

Shu bilan birga, bunga qadar tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydi. Yangi tizimning joriy etilishi mijozlarga avtomobillarni yetkazib berish vaqtiga ta’sir qilmaydi”, - deyilgan kompaniya xabarida.




Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан