Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«UzAuto Motors» Tracker-2 avtomobilini sinovdan o‘tkazmoqda
31.03.2022 13:09,  
596

«UzAuto Motors» Asaka shahridagi zavodda yangi Chevrolet Chevrolet Tracker-2 avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning navbatdagi bosqichini boshladi. Bu haqda «UzAuto Motors» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda sinov tariqasida ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker avtomobillari «non saleable», ya’ni «sotuv uchun mo‘ljallanmagan» hisoblanadi.

«Sotuv uchun mo‘ljallanmagan avtomobillarning ishlab chiqarilishi, yig‘uv jarayonidagi barcha zaruriy bosqichlarni sinab ko‘rish hamda qayta ishlash imkonini beradi», deyiladi xabarda.

Chevrolet Tracker avtomobili ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik jarayonida sinov uchun 16 dona avtomobil ishlab chiqariladi. Keyinchalik ushbu avtomobillar notekis yo‘lda harakatlanish va iqlim sharoitiga moslashuvchanligi tekshiruvdan o‘tkaziladi.

«Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlikning barcha bosqichlari reja asosida olib borilmoqda, kamchiliklar aniqlanmadi» deydi loyiha rahbari Tolibjon Samsoqov.

Eslatib o‘tamiz, «UzAuto Motors” AJ joriy yilning yozida Chevrolet Tracker-2 avtomobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан