Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UzAuto Motors yangilangan Malibu modelini taqdim etdi
16.08.2019 14:01,  
36

UzAuto Motors kompaniyasi 1,5 litr Turbo dvigatelli yangilangan Malibu Facelift avtomobili savdosini boshlamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Yangilangan model O‘zbekiston bozorida Malibu 2,5 litr o‘rnini egallaydi hamda uning yangi texnologik va tejamkor (30 foiz) davomchisi bo‘ladi.

Olduzatmali avtomobil avvalgisidan 100 kilogrammga yengil ekanligiga qaramay, uning uzunligiga taxminan 12 santimetr qo‘shilgan. Bunday natijaga uning 1,5 litrli 160 ot kuchiga ega turbomotori sababli erishilgan.

“Ushbu modelning narxi avvalgisidan 5 million so‘mga arzon va u issiq iqlimli mamlakatlar uchun ayni muddao sanaladi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, yangilangan Facelift Malibu Turbo 2 litr avtomobilining ham savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish 2019 yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

Xabarda hozirgi vaqtda Malibu 2,5 litr avtomobili juda oz miqdorda chegaralangan ranglar palitrasida qolgani va ushbu modelni ishlab chiqarish to‘xtatilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан