UZAUTOMOTORS qaysi avtomobillari narxini pasaytirishi kerakligi ma’lum qilindi

UZAUTOMOTORS qaysi avtomobillari narxini pasaytirishi kerakligi ma’lum qilindi

Maxsus komissiya tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

“UZAUTOMOTORS” AJga:

Birinchidan, jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar narxini shakllantirishda tovarning narxiga xomashyo va materiallarga, yoqilg‘i-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish orqali monopol yuqori narx qo‘llanilishi quyidagi harakatlar bilan, jumladan 2020 yil mart oyida tasdiqlangan, bugungi kunda amalda bo‘lgan va iste’molchilarga realizatsiya qilingan:

  • – “Spark” rusumli avtomobil LS M/T modifikatsiyasi chakana narxidan 3 002 010 so‘m va LT A/T modifikatsiyasi chakana narxidan 3 563 704 so‘m;
  • – “Nexia 3” rusumli avtomobil LT M/T modifikatsiyasi chakana narxidan 3 112 039 so‘m va LTZ A/T modifikatsiyasi chakana narxidan 3 792 325 so‘m;
  • – “Cobalt” rusumli avtomobil LT M/T modifikatsiyasi chakana narxidan 4 404 493 so‘m va LTZ A/T modifikatsiyasi chakana narxidan 10 526 707 so‘m;
  • – “Gentra” rusumli avtomobil SX M/T modifikatsiyasi chakana narxidan 13 825 248 so‘m, SX M/T CNG modifikatsiyasi chakana narxidan 13 718 618 so‘m va CDX A/T Plus modifikatsiyasi chakana narxidan 19 806 932 so‘m;
  • – “Damas” rusumli avtomobil DLX modifikatsiyasi chakana narxidan 15 458 984 so‘m, VAN modifikatsiyasi chakana narxidan 15 746 315 so‘m va Labo modifikatsiyasi chakana narxidan 13 052 930 so‘m asossiz kiritilgan xarajatlar chegirish va ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarishi lozim.

Ikkinchidan, yengil avtomobillarni sotish bo‘yicha kelgusidan (mazkur qaror qabul qilingandan boshlab) tuziladigan shartnomalar yuqorida qayd etilgan asossiz xarajatlarni chegirish orqali shakllantirilgan narxlar asosida, yoxud jamiyatning marketing strategiyasidan kelib chiqib yengil avtomobillarning narxlari o‘rtacha 10,29 foizdan kam bo‘lmagan darajada va tannarxdan 942 891 108 031 so‘m miqdoridagi asossiz xarajatlarni kamaytirishni inobatga olgan holda amalga oshirilishi ta’minlash.

Jamiyat tomonidan yuqoridagilarni inobatga olgan holda yengil avtomobillarning qayta ko‘rib chiqilgan yangi tasdiqlangan narxlari Qo‘mitaga taqdim etish.

Uchinchidan, jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar iste’molchilarga faqat “UzAvtoSavdo” dasturi orqali tuzilgan shartnomalarning ketma-ketlik navbatiga qat’iy rioya qilgan holda realizatsiya qilinishini ta’minlash.

To‘rtinchidan, eksportga yo‘naltirilgan avtomobillar eksportga qilinmagan yoki eksportdan qaytgan taqdirda ichki bozorga dilerlar orqali sotishda teng taqsimlanishini ta’minlash.

Beshinchidan, faoliyat yuritayotgan dilerlar va diler sifatida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan barcha tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan bir xil shartlar qo‘yilishi ta’minlansin, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar sodir etmaslik.

Oltinchidan, “Azimavtomotive” MChJ bilan dilerlik shartnomasidan 10 mlrd so‘m miqdorida oldindan to‘lov o‘tkazish sharti chiqarib tashlash.

Yettinchidan, alohida maxsus aksiyaga tushgan avtomobillarni muddatli to‘lov asosida sotish bo‘yicha dilerlardan distribyutorlik shartnomasini tuzish taklifi bildirilganda barcha ishtirokchilarga teng shartlar asosida shartnoma tuzilishi ta’minlashni majburiyatlari yuklatildi.