Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«UzAutoMotors» yangi «Equinox 2022» narxlarini e’lon qildi
30.12.2021 16:48,  
757

Ma’lum qilinishicha, «Chevrolet Equinox 2022» avtomobilining eng muhim afzalligi uning yangi gibrid tizimidir. Yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu avtomobillarda oddiy starter o‘rniga kuchli quvvatli motor-generator o‘rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi.

Ichki yonish dvigateli oddiy generatorni aylantirish uchun kamroq energiya sarflaydi yoki umuman sarflamaydi. Yangi gibrid tizimi aynan elektrmobilning elektr rejimida ishlay olmasa ham, u shunga o‘xshash gibrid bo‘lmagan versiyalarga nisbatan shaharda ham, magistralda ham yoqilg‘i samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. Aynan ushbu tizim sababli yoqilg‘i sarfi sezilarli darajada kamayadi va 100 kilometr uchun 7,01 litrni tashkil qiladi.

Yangi gibrid tizim — gibrid transportlar standart avtomobillarga nisbatan kamroq emissiyaga ega. Yangi model uchun shartnomani Chevrolet’ning rasmiy dilerlaridan olish mumkin.

Narxlar:

  • 1.5T LS FWD komplektatsiya: 250 732 510 so‘m;
  • 2.0T 1LT FWD MH komplektatsiya: 338 260 870 so‘m;
  • 2.0T 1LT AWD MH komplektatsiya: 365 217 391 so‘m;
  • 2.0T 3LT AWD MH komplektatsiya: 391 304 348 so‘m.

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан