Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






UzAvto Motors 5—17 dekabr kunlari ishlab chiqarilgan avtomobillarini chaqirib oladi
21.12.2021 11:15,  
341

UzAuto Motors kompaniyasi 2021 yil 5—17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, UzAuto Motors AJ bosh direktori Bo Andersson bu yil kompaniyaga kelganida sifatni keskin oshirishni va har qanday kamchiliklarga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lishni e’lon qilgan.

Aynan mana shu sifat talablaridan kelib chiqib, UzAuto Motors 5—17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini e’lon qiladi. «Chaqirib olish» dasturi avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq.

Barcha ishlar UzAuto Motors AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Avtomobillarni chaqirib olish dasturiga to‘gri kelgan barcha avtomobil egalari dilerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан